logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Qashqadaryoda No-Till va yomg‘ir suvini yig‘ish texnologiyalariga bag‘ishlangan «Dala kuni» bo‘lib o‘tdi

view 21

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida bo'lib o'tgan tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti O’simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti vakili M.Umarov faol ishtirok etdi.
“Lalmi yerlarda ekinlarni yerga ishlov bermasdan ekish va yomg‘ir suvini yig‘ish texnologiyalari” mavzusiga bag‘ishlangan tadbirda tuproq unumdorligini oshirish, namlikni saqlash, hosildorlikni ko‘paytirish hamda resurs tejovchi qishloq xo‘jaligi amaliyotlarini keng joriy etish masalalari muhokama qilinmoqda.
"Dala kuni" davomida ishtirokchilar No-Till texnologiyasi (yerga ishlov bermasdan ekish), tuproq profili va infiltratsiya testlari, zamonaviy ekish agregatlari, shuningdek, yomg‘ir suvini yig‘ish va undan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy namoyishlar bilan tanishmoqda.
GEF tomonidan moliyalashtirilayotgan “Oʻzbekistonda oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish va qayta tiklashga taʼsirini baholash dasturi” (FOLUR-Oʻzbekiston) loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va FAO tomonidan amalga oshirilmoqda.

Mazkur tadbir fermerlar, mutaxassislar va loyiha hamkorlari uchun lalmi hududlarda tuproqni muhofaza qiluvchi, suv tejovchi va iqlimga mos qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini bevosita dala sharoitida o‘rganish imkonini beradi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.