Baobab (Adansonia digitata) – gulxayridoshlar (Malvaceae Juss.) oilasiga mansub yirik daraxt, balandligi 18-25 m atrofida diametri 3-4 m. Ushbu daraxt 4-5 ming yilgacha yashaydi. Mevasi iste’mol qilinadi. Baobab Afrika va Avstraliyaning quruq savannalariga xos bo‘lgan Adansonia turkumiga mansub daraxt turi. Dunyodagi eng qalin daraxtlardan biri. O‘simlining balandligi 18-25 m, diametri esa 8 m ga yetadi. Adansonia nomi Linney tomonidan fransuz botanigi va Afrika tadqiqotchisi Mishel Adanson (1727-1806 yy) sharafiga berilgan. Tur nomi barglarning shakliga “digitata” ishora qiladi ular baobabda 5-7 bo‘lakni tashkil etadi. Afrikada baobabdan tashqari, Adansonia turkumiga mansub yana yetti turdagi daraxtlar o‘sadi. Ulardan oltitasi (shu jumladan o‘zining noyob ko‘rinishi bilan mashhur adansonia Grandidier) faqat Madagaskar orolida tarqalgan va yettinchi (boab) Avstraliyada o‘sadi. Turkumga yana 7 turi kiritilgan, ularning orasida o‘zining g‘aroyib tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turuvchi Grandide adansoniyasi (baobabi) diqqatga sazovordir. Bu tur faqat Madagaskar orolida o‘sadi. Baobab oktabr, dekabrda gullaydi, gullari yirik 20 sm kengligi, mevalari bodring yoki qovunni eslatadi, meva ichida nordon unsimon meva eti va qora urug‘lari bo‘ladi. Ular iste’molbop, ayniqsa maymunlar uchun yaxshi ozuqa hisooblanadi, shuning uchun ham ushbu daraxtni mahalliy aholi “maymunlar non daraxti” deb atashadi. Darxtda yillik halqalar bo‘lmaydi shu sababli ularni yoshini aniqlash qiyin. Baobab daraxtlari 1000 yilgacha yashaydi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
