Xitoy Xalq Respublikasining Northeast Agricultural University professori, akademik Jiang Lianzhou, Jilin University professori Li Yang, Northeast Agricultural University professori Qi Baokun hamda Jilin University professori Liu Boqun hamda universitet rektori Narzullo Oblomuradov ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Muloqot davomida tomonlarning don va moyli ekinlar, soya yetishtirish va uni chuqur qayta ishlash, o‘simlik oqsillari, oziq-ovqat biotexnologiyasi hamda ilmiy tajribasi muhokama qilindi. Uchrashuvda TDAU va Xitoyning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma laboratoriya tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur laboratoriya soya yetishtirish va qayta ishlash, o‘simlik oqsillarini olish bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, malakali mutaxassislar tayyorlash, magistrantlar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va yosh olimlar almashinuvini rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalar hamda xalqaro grantlarda ishtirok etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:






