logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Fizalis mevasi: yetishtirish va oziq-ovqatdagi ahamiyati

view 13

Fizalis – Fizalis (Physalis), paqpaq - ituzumdoshlar oilasiga mansub bir yoki koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; sabzavot ekini. Yovvoyi holda 100 dan ortiq turi tropik va subtropik mintaqalarda koʻproq Markaziy Amerikada tarqalgan. Ayrim turlari Afrikaning jan.sharqida uchraydi. Fizalis Yevropaga 18-asrda, keyinchalik Osiyoga keltirilgan. Asosan, Meksika Fizalissi yoki Meksika pomidori (P. ixocarpa); tukli Fizalis  (P. pubescens) va peru Fizalissi (peru olchasi) (P. peruviana) yetishtiriladi. Meksika Fizalissi koʻp tarqalgan.Tarkibida 8-9% quruq modda, 33,1-33,6% yogʻ, 18,4-9,5% oqsil, 17,6-18,1% kletchatka, 4,4-8,3% kul, 3-4% qand, 5-10% pektin, 20-30 mg % C vitamini hamda karotin organik kislotalar, achchiq moddalardan fizalin va alkaloidlar (0,26-0,4%) bor.
Mevasi nordonshirin, koʻkish; yangiligida qayta ishlangan holda isteʼmol qilinadi. Peru Fizalissi (5-12 g) yumaloq oval, sariq, toʻq sariq, nordonshirin. Mazasi qulupnay taʼmini beradi. Yetishtirish agrotexnikasi pomidordan farq qilmaydi. Konserva sanoatida, souslar, murabbo, tuzlamalar tayyorlashda ishlatiladi. Pishgan mevalaridan limon kislota olinadi

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.