logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari va TDAUda talabalari ishtirokida ochiq muloqot bo’lib o’tdi

view 16

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan haftaning payshanba kunini «Yoshlar kuni» deb belgilash tashabbusi asosida, Toshkent davlat agrar universitetida Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Otabek Hasanov ishtirokida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi. Tadbir boshida universitetda jamoat tartibini ta'minlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda namuna bo'lib kelayotgan «Qalqon» jamoatchilik guruhi a'zolari bilan uchrashib, talaba-ko'ngillilarning faoliyati va ularga taqdim etilgan imtiyozlar bilan batafsil tanishdilar. Universitetning asosiy binosida «Bo'ston» ashula va raqs ansamblining milliy chiqishlari, «Ona» obraziga bag'ishlangan she'riy kompozitsiyalar hamda «Oltin Qanot» klubi a'zolarining tasviriy san'at ko'rgazmasi yoshlarning nafaqat fan sohasida, balki san'at sohasida ham yuqori salohiyatga ega ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Tashrifning amaliy qismi «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida davom etib, universitet hududida ramziy «Ma'naviyat bog'i»ga asos solindi manzarali ko'chatlar ekildi. Ushbu bog' yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish bilan birga, ma'naviy hordiq maskani sifatida ham xizmat qilishi ta'kidlandi.
Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetida oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash texnologiyalariga ixtisoslashgan o‘quv-ilmiy laboratoriya bilan yaqindan tanishildi. Bu esa ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlar joriy etilayotganining yaqqol namunasi bo‘ldi.
Bundan tashqari, 13-talabalar turar joyi hududida yangi ochiq sport maydonchasining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu maskan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi. Maydonchada voleybol, vorkaut, stol tennisi kabi yo‘nalishlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda “Besh tashabbus” xonalari talabalarga keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Uchrashuvning asosiy qismi Axborot-resurs markazida davom etib, rahbarlar va talaba-yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi. Suhbat davomida yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi hamda kelajakdagi maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanib olindi

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.