Uchrashuv mehmoni O‘zbekiston adabiyotida detektiv janrini yangi bosqichga olib chiqqan, 20 dan ortiq mashhur asarlar muallifi — yozuvchi Komil Sindarov bo‘ldi. Tadbir davomida yozuvchi o‘zining ijodiy faoliyati, adabiyotga kirib kelish yo‘li hamda asarlarining yaratilish jarayoni haqida talabalarga batafsil so‘zlab berdi.
Xususan, adibning kitobxonlar orasida katta qiziqish uyg‘otgan “Tergovchi” asarining yaratilish jarayoni, unda adolat, haqiqat va inson psixologiyasining badiiy talqini haqida qiziqarli fikr-mulohazalar bildirildi. Yozuvchi detektiv janri orqali jamiyatdagi muammolarni yoritish, voqealarni tahlil qilish va o‘quvchini fikrlashga undash muhimligini ta’kidladi. Davra suhbati davomida talaba-yoshlar bilan yozuvchilik yo‘li va ijod sirlari, detektiv janrining o‘ziga xos jihatlari, yoshlarning g‘oyalarini real asarga aylantirish bosqichlari haqida ochiq va samimiy muloqot olib borildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, ijodkor bilan erkin fikr almashdilar. Shuningdek, tadbirda yozuvchining oilasi haqida ham so‘z yuritilib, u xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan yosh grossmeyster Javohir Sindarovning bobosi ekani ta’kidlandi. Bu esa shaxmat, tafakkur va ijod o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik haqida qiziqarli mulohazalar bildirilishiga sabab bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlar:

