O‘rganish jarayonida auditoriya, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlardan foydalanish, talabalarning faolligi va nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish ko‘nikmalari tahlil qilindi.
Natijalarga ko‘ra, agrar sohaning jadal rivojlanishi sharoitida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash muhimligi qayd etildi. Professor-o‘qituvchilar darslarda agrotexnologiyalar, innovatsion texnika, raqamli texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni ishlab chiqarish bilan integratsiyalash va talabalarning amaliy tajriba hamda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Bu kelajakda raqobatbardosh, innovatsion fikrlaydigan va zamonaviy texnologiyalarni samarali qo‘llay oladigan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

