logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish – dolzarb masala

view 55

Toshkent davlat agrar universitetida yoshlar o‘rtasida bezorilik va tan jarohati yetkazish kabi jinoyatlarning oldini olish maqsadida “Yoshlar o‘rtasida bezorilik va tan jarohati yetkazish jinoyatlarining profilaktikasi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar bugungi kunda yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning sabablari, ularning oldini olish choralari hamda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishning ahamiyati haqida fikr bildirishdi. Tadbir mehmoni sifatida ishtirok etgan IIV Akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkovnik Dilmurod Ixvoldinov bezorilik va tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarning huquqiy oqibatlari, javobgarlik choralarini hayotiy misollar asosida tushuntirib berdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlashdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.