Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan uchrashuv chog‘ida ilgari surilgan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” belgilanganligi munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetida Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti tashabbusi bilan universitetning amfiteatrida talabalar uchun quvnoq va mazmunli oqshom tashkil etildi. Oqshom davomida talabalar uchun turli qiziqarli dasturlar, ijodiy chiqishlar, musiqiy hamda madaniy-ko‘ngilochar sahnalar namoyish etildi. Kecha davomida yoshlar o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. Shuningdek, ushbu tadbir talabalar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va faollikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Talabalar uchun tashkil etilgan samimiy va quvnoq oqshom barchada iliq taassurotlar qoldirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

