Universitetda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda milliy qadriyatlarni targ‘ib etishga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazildi. Yoshlar ittifoqi “Talaba qizlar” koordinatori S. Sodiqova tashabbusi bilan fakultetlar o‘rtasida “Milliy qadriyatlar – millat ko‘zgusi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tanlov yakunlariga ko‘ra:
Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti
O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayni fakulteti
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash hamda Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakultetlari g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida Jadidlar merosi hamda “Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” mavzularida insholar va rasmlar tanlovlari o‘tkazilib, iqtidorli talabalar taqdirlandi. “Kitob – bilim va tafakkur manbai!” shiori ostida talabalar Qamar kitoblar do‘koniga tashrif buyurib, kitoblar bilan tanishdilar. Talabalarning vatanparvarlik ruhini mustahkamlash maqsadida “Milliy armiya – bizning sharafimiz va g‘ururimiz” shiori ostida “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi.
Talabalar turar joylarida ham tarbiyaviy ishlar davom etmoqda. 13-sonli TTJda “Eng namunali qavat”, “Eng namunali xona” va “Eng namunali talaba” tanlovi boshlandi. Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Jannat 2” filmi namoyishiga tashrif buyurdilar. Shuningdek, 15-sonli TTJda O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 111 yilligi munosabati bilan “Bahor keldi seni so‘roqlab!” nomli adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirlar talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish va ularning ijodiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlar:


