logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Xitoyda bepul ta’lim va magistratura: TDAU bitiruvchilari bepul yozgi lager!

view 43

Toshkent davlat agrar universiteti 4-bosqich talabalari diqqatiga! Xitoyning nufuzli Northwest A&F universiteti bilan hamkorlikdagi 1+1 magistratura qo‘shma ta’lim dasturi doirasida ajoyib yangilik: Sizni Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tadigan “Discover Colorful China, Experience Agricultural Culture” (Spring Camp – 2026) xalqaro yozgi lageriga taklif etamiz!
Lager muddati: 2026-yil 14-aprel – 23-aprel.
Barcha xarajatlar qoplanadi: Avia chipta, transport, yashash va ovqatlanish — hamkor universitet hisobidan!
Qaysi yo‘nalishlar uchun?
Bog‘dorchilik;
O‘simliklarni himoya qilish;
Agronomiya;
Biznes boshqaruvi;
Chorvachilik;
Kompyuter muhandisligi;
Ta’limda axborot texnologiyalari;
Sun’iy intellekt.
Asosiy talablar:
Ingliz tilini bilish darajasi (B1 yoki B2);
Xalqaro (zagran) pasportga ega bo‘lish;
Lagerdan so‘ng magistratura bosqichini qo‘shma ta’lim dasturi asosida davom ettirish majburiyati.
🗓 Tanlov jarayoni (2026-yil 28-mart):
Nomzodlar ingliz tilida suhbatdan o‘tadilar hamda tanlangan yo‘nalish bo‘yicha insho (Esse) yozadilar.
⏳ Ariza topshirish muddati: 2026-yil 27-martgacha.
🚀 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Kelajakda Xitoyda ta’lim olish va xalqaro tajriba orttirish uchun bu sizning eng to‘g‘ri qadamingiz bo‘lishi mumkin.
ℹ️ Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: Universitet Xalqaro bo‘limiga murojaat qiling.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.