logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Xotira va qadrlash” — milliy qadriyatlarimiz ifodasi!

view 51

Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi Nurafshon shahrida bo‘lishdi. Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash xalqimizning eng ulug‘ qadriyatlaridan biridir. Shu bois mamlakatimizda har yili amalga oshirilayotgan ezgu tashabbus va dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniy insonlarga bo‘lgan hurmat va e’tibor doimo diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi boshlig‘i S.Isroilov boshchiligida fakultet tyutorlari, Yoshlar ittifoqi koordinatorlari hamda 150 nafarga yaqin faol talabalar bilan birgalikda 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Nurafshon shahrida joylashgan “Vatanparvar bog‘i”da tashkil etilgan “Kinokarvon” loyihasi doirasida namoyish etilgan “Bahodir Yalangto‘sh” badiiy filmini tomosha qilish uchun tashrif buyurishdi. “Bahodir Yalangto‘sh” — o‘zbek rejissori Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan tarixiy-badiiy film bo‘lib, unda buyuk tarixiy shaxs Bahodir Yalangto‘shning mashaqqatli hayot yo‘li, sinovlarga boy faoliyati hamda har qanday vaziyatda ham yurt manfaatini ustun qo‘ygani yorqin tasvirlangan. Yurtimizning bugungi tinch va osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatib, jon fido qilgan vatandoshlarimiz xotirasini yod etish — barchamizning eng oliy vazifamizdir. Zero, “Inson aziz, xotira muqaddas”.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.