logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Mustaqil ekspertlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslariga qabul boshlandi!

view 55

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-223-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish tizimini takomillashtirish maqsadida maxsus o‘quv-mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
O‘quv kursi yo‘nalishlari:
Dehqonchilik va bog‘dorchilik;
Chorvachilik va parrandachilik;
Baliqchilik va asalarichilik.
Mashg‘ulotlar davomida nimalarni o‘rganasiz?
Sug‘urta hodisasi ehtimolini professional tahlil qilish;
Sug‘urta ob’ektlarini malakali ko‘zdan kechirish;
Sug‘urta hodisasi mavjudligini aniq belgilash;
Yetkazilgan zarar miqdorini aniq baholash (nazariy va amaliy).
Kimlar uchun? Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida ishlayotgan yoki ushbu yo‘nalishda mustaqil ekspert sifatida faoliyat yuritishni rejalashtirgan mutaxassislar uchun.
Boshlanish vaqti: 2026-yil 13-aprel. Manzil: Toshkent davlat agrar universiteti, “Renessans” ma’ruzalar binosi. (Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy).
Murojaat uchun: +99877 007-03-01 +99897 439-44-00. Telegram: @tdau1212
Kelajak kasbini biz bilan birga egallang!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.