logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Birga hayotni asraymiz!”: TDAUda beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkaziladi

view 91

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-19-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda insonlar hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shish maqsadida universitetimizda yirik donorlik aksiyasi tashkil etilmoqda.
Aziz talabalar va jamoat faollari! Sizning bir tomchi qoningiz kimningdir hayotini saqlab qolishi mumkin.
Dushanba, 30-mart kuni Universitet hududida (belgilangan nuqtalar) o’tkaziladi.
🕒 Reja-grafik bilan tanishing: 09:00 – 10:00: Zooinjeneriya hamda O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakultetlari; 10:00 – 11:00: Agromuhandislik va agrotexnologiyalar hamda O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetlari; 11:00 – 12:00: Meva-sabzavotchilik va uzumchilik hamda Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakultetlari;
12:00 – 13:00: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti hamda Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi;
13:00 – 14:00: Sirtqi (masofaviy ta’lim yo‘nalishi) fakulteti;
14:00 – 17:00: Talabalar turar joylari (7, 12, 13, 14, 15 va DXSh TTJlar).
✨ Ezgulik yo‘lida birlashaylik! Aksiyada faol ishtirok eting va insonlar hayotini asrashga hissa qo‘shing.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.