logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida haftaning har Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan “Yuksalish psixologiyasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi

view 150

Mazkur seminarda “Yuksalish psixologiyasi” risolasi muallifi, mutaxassis Nosirov Abduvali Abduvosiqovich mehmon sifatida ishtirok etdi. Seminar-trening jarayoni oldidan Nosirov Abduvali Abduvosiqovich Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Sardor Isroilov tomonidan Renessans ma’ruzalar zali bilan tanishtirildi. Seminar davomida ishtirokchilar shaxsiy rivojlanish, motivatsiya, sog‘lom turmush tarzi hamda insonning ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan foydali bilim va tavsiyalar oldilar. Shuningdek, yoshlarning ma’naviy-psixologik salohiyatini oshirish, ijobiy fikrlashni shakllantirish va maqsad sari qat’iyat bilan intilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan atroflicha javob oldilar hamda seminar barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.