logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Yashil makon” — kelajak uchun muhim qadam!

view 25

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari tomonidan Boʻstonliq tumani hududida joylashgan Mahmud Mirzayev nomidagi ilmiy tadqiqot institutining Boʻstonliq filiali da “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda. Mazkur tashabbusda qishloq xo‘jaligi tizimi tashkilotlari mutaxassislari, universitetning O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti rahbariyati, bo‘lim boshliqlari hamda 100 nafarga yaqin faol va tashabbuskor yoshlar faol ishtirok etmoqda. Jarayon davomida ekilgan ko‘chatlar parvarish qilinib, tuproqlari yumshatilmoqda, qurib qolgan ko‘chatlar o‘rniga yangilari ekilmoqda, daraxtlarni oqlash ishlari amalga oshirilmoqda, hududlarni obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borilmoqda

Bu kabi ezgu tashabbuslar nafaqat tabiatni asrash, balki kelajak avlod uchun sog‘lom va yashil muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.