logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda «Ochiq eshiklar kuni»: Maktab direktorlari oliygoh hayoti bilan tanishdi

view 15

Toshkent davlat agrar universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani xalq ta’limi bo‘limi hamkorligida seminar tashkil etildi. Unda tumandagi 52 ta maktabning direktorlari va o‘rinbosarlari ishtirok etishdi. Seminar davomida maktab rahbarlariga quyidagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi: 3 yillik ta’lim: Ayrim yo‘nalishlarda bakalavr diplomini qisqa muddatda olish imkoniyati; Dual ta’lim: O‘qish va ishni birga olib borish tizimi; Yangi loyihalar: "Yangi agronom", "Agromuhandislar maktabi" va "Kelejak fermerlari" jamoalari faoliyati; Biznes maktabi: "Yosh fermerlar savdo maktabi" orqali tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish; Imtiyozlar: Talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, laboratoriyalar va stipendiya dasturlari.


Tadbir yakunida maktab rahbarlari universitetning o‘quv xonalari va laboratoriya majmualari bilan yaqindan tanishdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.