logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

view 15

Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda haftaning har payshanbasi “Yoshlar kuni” etib belgilangani munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Ochiq muloqotda Bosh prokuror o‘rinbosari Baxriddin Valiyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov hamda universitet rektori Narzullo Oblomuradov ishtirok etib, talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Tadbir yakunida startap loyihalarini amalga oshirish uchun ilg'or g'oyaga ega talabalarga kredit mablag‘lari ajratilgan vaucherlar topshirildi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda savol-javoblardan so‘ng, ilm-fan va jamoat ishlarida o‘zini ko‘rsatgan bir guruh faol talabalar munosib taqdirlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.