logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida tashkil etilgan “Agro Eko Klubda “Barqaror qishloq xo‘jaligi sari” mavzusida ilmiy-amaliy tadbir bo‘lib o‘tdi.

view 24

Toshkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblomuradov tashabbusi bilan, Sh.Valiyeva va N.Yakubjonova hamkorligida tashkil etilgan 1 haftalik o‘quv kursining ochilish marosimi yuqori saviyada o‘tkazildi. Ushbu kurs barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ekologik yondashuvlarni keng joriy etish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Tadbirda sohaning yetuk mutaxassislari Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi M.Mavlonovich, O‘zbekiston agrar soha ayollari uyushmasi raisi A.Ahmedjanovna, Universitet rektori N.Naimovich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Sultonov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi ekologiya bo‘limi mutaxassislari P.Choriyev va O.Rahimov olimlar va nufuzli mehmonlar ishtirok etdilar Mazkur o‘quv kursi davomida ishtirokchilar ekologik barqarorlik, resurslardan samarali foydalanish, iqlim o‘zgarishiga moslashuv, agroekologiya tamoyillari hamda innovatsion yechimlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, kurs doirasida tajriba almashish, amaliy mashg‘ulotlar, interaktiv seminarlar va muhokamalar tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu esa yoshlar va mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Ushbu tashabbus nafaqat agrar soha rivojiga, balki ekologik muvozanatni saqlash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda kelajak avlod uchun barqaror muhit yaratishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.