logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“YANGI O‘ZBEKISTON TALABALARI OLIMPIADASI” DOIRASIDA STOL TENNISI VA VOLEYBOL BO‘YICHA G‘OLIBLAR ANIQLANDI

view 32

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar bilan muloqoti”da berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida uch bosqichli “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalari yuqori ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Bugun universitetimizda stol tennisi va voleybol bo‘yicha navbatdagi qizg‘in bahslar bo‘lib o‘tdi.
Xususan, murosasiz kechgan stol tennisi musobaqalarida talabalar o‘zlarining chaqqonligi va mahoratini namoyish etishdi. Unga ko'ra:
1-o‘rin: Olimboev Rustambek (Agromuhandislik va agrotexnologiya fakulteti);
2-o‘rin: Egamqulov Bekzod (Agrobiologiya fakulteti);
3-o‘rin: Isoqov Ismoil (Zooinjeneriya fakulteti) va Xudaynazarov Jasurbek (Qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti).
Voleybol maydonida fakultetlar o‘rtasidagi o‘yinlar haqiqiy sport bayramiga aylanib ketdi. Unda:
Chorak finalda: O‘rmon xo‘jaligi, Agroiqtisodiyot hamda O‘simliklar himoyasi fakulteti jamoalari raqiblaridan ustun kelib, keyingi bosqichga yo‘l olishdi.
Yarim final: Murosasiz kechgan bahslarda Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti hamda O‘simliklarni himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti jamoalari g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Shuningdek, ertaga bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi final uchrashuvida Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti hamda O‘simliklarni himoyasi , agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti jamoalari bosh sovrin uchun maydonga tushadilar.

Mazkur musobaqalar talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan birga, ularning jismoniy salohiyatini oshirish va universitetda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Barcha ishtirokchilarga rahmat aytamiz va bo‘lajak finalistlarga omad tilaymiz!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.