Xabar berganimizdek, AQShning Missouri universiteti professori Kin Adams universitetimizga tashrifi doirasida talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida professor maxsus taqdimot orqali Missouri universitetining ta’lim tizimi, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari va xalqaro talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berib, AQSh oliy ta’limidagi zamonaviy yondashuvlar yuzasidan muhim tavsiyalarini o‘rtoqlashdi.
Erkin muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda talabalar xorijda ta’lim olish, akademik almashinuv dasturlari, grant va stipendiyalar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi. Professor Kin Adams o‘z nutqida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari samarali rivojlanayotganini alohida e’tirof etib, qo‘shma loyihalarning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

