Toshkent davlat agrar universitetida talabalar hayotini yanada mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etish maqsadida “Talabalar oqshomi” bayram tadbiri yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda ko‘plab talabalar faol ishtirok etdilar. Bayram dasturi nihoyatda boy va rang-barang bo‘lib, unda talabalar tomonidan tayyorlangan vatanni madh etuvchi she’rlar, sho‘x kuy-qo‘shiqlar hamda jozibali raqslar ijro etildi. Ayniqsa, O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakultetining iqtidorli yoshlari tomonidan tayyorlangan ijodiy chiqishlar va qiziqarli o‘yinlar yig‘ilganlarga unutilmas lahzalarni hadya etdi.
Tadbir doirasida o‘quv jarayonlarida faol, bilimli va universitet jamoat ishlarida alohida ajralib turgan bir guruh talabalar universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanib, ularga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


