Toshkent davlat agrar universiteti talabalari Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi agrar oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri — Shimoliy-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti (NWAFU)da akademik almashinuv dasturi doirasida kuzgi semestrdagi o‘quv jarayonida faol ishtirok etmoqda. O‘quv jarayoni davomida talabalar: zamonaviy agrar fan va texnologiyalar bo‘yicha nazariy ma’ruzalar; zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya mashg‘ulotlari; qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi dala-amaliy mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. Laboratoriya mashg‘ulotlarida talabalar zamonaviy ilmiy-tadqiqot metodlari asosida amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda. Dala mashg‘ulotlari orqali esa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, agrotexnik tadbirlarni tashkil etish, o‘simliklarning rivojlanish jarayonlarini kuzatish va zamonaviy agrar texnologiyalarni amaliyotda o‘rganish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:

