Qadriyatlar har bir millatning ma’naviy qiyofasini namoyon etadi. Xalqimizning ming asrlik tarixi, boy madaniyati va urf-odatlarini aks ettiruvchi milliy liboslarimiz esa ana shu bebaho merosning ajralmas qismidir. Universitetimizda milliy liboslar targ‘ibotini kuchaytirish, yoshlar ongiga milliy ruhni singdirish hamda ularda milliy qadriyatlarga mehr uyg‘otish maqsadida Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti Buxgalteriya yo‘nalishi 25-99-guruhida “Milliy qadriyatlarimiz – bebaho boyligimizdir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi N.Mamasoliyeva hamda fakultet tyutori D.Maxmudova tashabbusi bilan o‘tkazildi. Unda o‘zbek xalqining urf-odatlari va an’analarini aks ettiruvchi slaydlar namoyish etildi, talabalarning badiiy chiqishlari esa tadbirga alohida ruh bag‘ishladi.
Shuningdek, kafedraning katta o‘qituvchisi M.Nurutdinova so‘zga chiqib, milliy qadriyatlarning ahamiyati, til, tarix, madaniyat va an’analarimizni asrab-avaylash borasidagi fikr-mulohazalarini bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

