logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti talabalariga Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etildi

view 27

Toshkent davlat agrar universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A. Tashmuxamedov hamda bosh mutaxassis A. Xayitov tomonidan Agroiqtisodiyot, logistika va xizmat fakulteti yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqot davomida talabalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillarini singdirish hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Virtual akademiya” elektron platformasida o‘qish tartibi kabi masalalar atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, “Yoshlarda halollikni shakllantirish” va “Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning roli” mavzularida fikr almashildi hamda maishiy korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Tadbir davomida talaba va xodimlar o‘rtasida korrupsiya holatlari haqida xabar berish imkoniyatlari, jumladan, maxsus Telegram bot, ishonch telefonlari va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish tartibi ham tushuntirildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.