Toshkent davlat agrar universitetining Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida seminar tashkil etildi. Tadbirda “O‘zbekiston standartlar instituti” mutaxassisi, t.f.n., dotsent Karim Utayev ishtirok etib, bugungi kunda 36 mingdan ortiq milliy standartlarni xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Seminar davomida fakultet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va talabalardan iborat 72 nafar ishtirokchiga xalqaro ISO 22000 standarti talablari, HACCP tizimi hamda Codex Alimentarius oziq-ovqat xavfsizligi normalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Ayniqsa, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) qo‘shilish jarayonida standartlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan strategik qadamlar tadbirning eng asosli qismlaridan biri bo‘ldi. Qizg‘in bahs-munozaralar ruhida o‘tgan seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan asosli javoblar oldilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:


