logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU va Rossiyaning nufuzli OTM vakillari Qibraylik yoshlar bilan uchrashdi

view 44

Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan Qibray tumanidagi umumta’lim maktablarida bitiruvchi yoshlarni zamonaviy ilm-fan yo‘nalishlariga qiziqtirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Bu galgi uchrashuv o‘ziga xos xalqaro ruhda o‘tib, unda Rossiya Federatsiyasining nufuzli oliygohlaridan biri — Boshqird davlat agrar universiteti vakillari ham ishtirok etishdi. Ochiq muloqot tarzida kechgan suhbatda maktab bitiruvchilariga TDAU va Rossiyaning yetakchi universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlarining afzalliklari haqida so‘zlab berildi. Mutaxassislar talabalik yillarida nafaqat yurtimizda, balki xorijda ham tahsil olib, yakunda ikki tomonlama diplomga ega bo‘lish imkoniyatlari, grant asosida o‘qish kvotalari hamda xalqaro talabalar uchun yaratilgan ijtimoiy sharoitlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

Ayniqsa, bugungi kunda zamonaviy agrar sohada kadrlarga bo‘lgan yuqori ehtiyoj va bitiruvchilarning kelajakda nufuzli tashkilotlarda ish bilan ta’minlanish masalalari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Samimiy savol-javoblarga boy bo‘lgan tadbir yakunida o‘zining faolligi va sohaga oid qiziqarli fikrlari bilan ajralib turgan yoshlar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.