logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetida Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan umumta’lim maktablari bitiruvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi

view 62

Tadbir davomida o‘quvchilarga universitet hayoti, ta’lim jarayoni, mavjud yo‘nalishlar hamda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan qiziqarli suhbatlar tashkil etilib, yoshlarga kelajak kasbini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar fakultetdagi zamonaviy laboratoriyalar, o‘quv-amaliy bazalar va agrotexnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Amaliy jarayonlar orqali ularga sohaga oid bilim va ko‘nikmalar haqida tushunchalar berildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, universitetda tahsil olish imkoniyatlari haqida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘ldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.