Qadrli intellektual hordiq ishqibozlari! Amerika falsafasining eng yorqin vakillaridan biri — Genri Devid Toro ijodiga bag‘ishlanadigan tadbirda Toroning soddalik, axloqiy poklik va insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchi haqidagi g‘oyalari bugungi kun prizmasi orqali tahlil qilinadi. Ayniqsa, zamonaviy dunyodagi iste’molchilik (konsyumerizm) illatlari, ekologik inqiroz va shaxsiy erkinlik masalalarida Toro falsafasi qanchalik dolzarb ekanligini birgalikda o‘rganamiz.
Bu galgi mehmonimiz — xalqaro miqyosdagi ulkan tajribaga ega olima, Doktor Greys Mukupa! U Toshkentdagi Xalqaro qishloq xo'jaligi universiteti (IAU) professori, AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi (FEMA) va AQSh Qishloq xo'jaligi vazirligi ma'lumotlar tahlilchisi hisoblanadi. Nyu-York universitetining falsafa doktori (PhD) darajasiga ega bo‘lgan Greys Mukupa dunyoning turli nuqtalarida, jumladan, Fulbrayt stipendiyasi doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan.
🕒 Vaqti: 26-aprel, yakshanba, soat 17:00
📍 Manzil: Toshkent davlat agrar universiteti, “Renesans” anjumanlar zali
Traditsiyamizga sodiq qolgan holda, ilmiy ozuqadan so‘ng barchani mazali PlovSet kutmoqda! (Osh, salat, shirinlik va choy — chipta narxi ichida). 😋
🎫 Chipta narxlari:
Talaba — 49 000 so‘m (Hujjat so‘ralmaydi)
Standart — 119 000 so‘m
Sohibi davlat (Metsenatlar uchun) — 400 000+ so‘m
Korporativ — 314 000 so‘m
Ilm va samimiy suhbatlar kechasida ko‘rishguncha! 🤗
🛒 Chipta sotib olish uchun: @yumarov
Ijtimoiy tarmoqlar:
