O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tizimini takomillashtirish hamda oliy va professional ta’lim integratsiyasini rivojlantirishga oid qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti rektori Oblomuradov Narzullo Naimovich Termiz shahar 2-son texnikumida bo‘ldi. Uchrashuv oliy va professional ta’lim o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlash hamda zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida amalga oshirildi. Tashrif davomida rektor texnikumning o‘quv jarayoni, zamonaviy ustaxonalari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Muloqot markazida ta’lim sifatini oshirish, nazariyani amaliyot bilan birlashtiruvchi dual ta’lim tizimini kengaytirish va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash masalalari turdi.
Uchrashuv yakunida o‘quv jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda ikki muassasa o‘rtasida qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi..
Ijtimoiy tarmoqlar:








