logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishda mutaxassislar tajribasi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi

view 60

Toshkent davlat agrar universiteti Huquqshunoslik kafedrasi tashabbusi bilan yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari uchun Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani adliya bo‘limi mutaxassislari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Kafedra mudiri Sh.R. Jalolov va assistent N. Ashurov boshchiligida o‘tgan ushbu uchrashuv “Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishda mutaxassislar tajribasi” mavzusiga bag‘ishlandi. Adliya bo‘limi xodimlari talabalarga huquqiy ongning jamiyat rivojidagi o‘rni hamda yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni yuksaltirishning zamonaviy usullari haqida so‘zlab berdilar. Davra suhbati savol-javoblarga boy bo‘ldi. Bo‘lajak huquqshunoslar soha mutaxassislaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga amaliy javoblar olib, nazariy bilimlarini real hayotiy tajribalar bilan boyitishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.