logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI BO‘YICHA MUSTAQIL EKSPERTLAR TAYYORLANMOQDA

view 48

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-223-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda sug‘urta tavakkalchiliklarini boshqarishning zamonaviy tizimini joriy etish maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida maxsus o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda. O‘quv kurslari doirasida qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar malakasini oshirish va mustaqil ekspertlarni tayyorlash bo‘yicha amaliy darslar tashkil etildi.
Amaliy mashg‘ulotlar Toshkent viloyati Qibray tumanidagi paxta maydonlari, bog‘lardagi mevali daraxtlar hamda issiqxonalar faoliyatini o‘rganish jarayonida olib borildi.
Tashrif davomida sug‘urta eksperti Olena Sosenko Ukraina davlatidan, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi va zararlarni baholash bo‘yicha ekspert Erol Yalchinkay Turkiya davlatidan hamda Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi dotsenti Z. Yusupov tomonidan ishtirokchilarga sug‘urta hodisalarini aniqlash va zarar miqdorini xolis baholash yuzasidan muhim amaliy tavsiyalar berildi.

Bunday amaliy darslar qishloq xo‘jaligi subyektlarini kutilmagan iqtisodiy yo‘qotishlardan himoya qilish, shuningdek, sohada xalqaro standartlarga mos sug‘urta xizmatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.