O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarligida 2026-yil 23-fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini tashkil etish maqsadida Afg‘oniston tomoni bilan tizimli muloqotlar yo‘lga qo‘yildi. Shu doirada bugun Afg‘onistonning Balx universiteti vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda Toshkent davlat agrar universiteti rektori, xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektor hamda agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti jamoasi ishtirok etdi. Balx universiteti tomonidan prorektor, fakultet dekani va 6 nafar kafedra mudirlari qatnashgan mazkur muloqot davomida afg‘onistonlik yoshlar uchun qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda onlayn kurslarni joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, yaqin vaqt ichida ikki tomonlama anglashuv memorandumi loyihasini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi hamda ushbu memorandumni imzolash va amaliy hamkorlikni boshlash maqsadida may oyining birinchi yarmida universitet rektori Narzullo Oblomuradov hamda prorektor Abduaziz Abduvasikovning Afg‘onistonga rasmiy tashrifini tashkil etish belgilab olindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



