logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU talabalari Respublika fan olimpiadasida yuksak natija qayd etishdi!

view 15

2026-yil 24-aprel kuni Bojxona institutida “Iqtisodiy fanlar” yo‘nalishi bo‘yicha Respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli bellashuvda mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi ham munosib ishtirok etdi. Olimpiada jarayonlari uchta murakkab shart asosida tashkil etildi. Dastlab jamoalar o‘zlarining ilmiy salohiyatini namoyon etishgan bo‘lsa, keyingi bosqichlarda mamlakatimiz iqtisodiy ko‘rsatkichlari, statistik ma’lumotlar hamda iqtisodiyot nazariyasining fundamental tushunchalari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Universitetimiz sharafini Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakultetining iqtidorli talabalari:
🔹 Murodov Jahongir
🔹 Mirxosilov Ulug‘bek
🔹 Xasanboyev Tohir
🔹 Davlatov Diyorbek
🔹 Farxodov Murodullajonlar munosib himoya qildilar.
Jamoaga “Agroiqtisodiyot” kafedrasi dotsenti D.N. Saidova rahbarlik qildi.
🏆 Qizg‘in kechgan bellashuv yakuniga ko‘ra, “Taraqqiyot” jamoasi faxrli 2-o‘rinni egallab, II darajali diplom va maxsus kubok bilan taqdirlandi.
Shaxsiy natijalarda ham talabalarimiz peshqadamlikni qo‘ldan berishmadi:
🥇 Murodov Jahongir — tezkor savol-javob shartida 1-o‘rinni;
🥉 Xasanboyev Tohir — ushbu shartda 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, oliygohimizning intellektual salohiyatini yana bir bor isbotlashdi.
Bu kabi yutuqlar universitetimizda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va inson kapitalini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. G‘oliblarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi ilmiy ishlarida zafarlar tilaymiz!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.