Toshkent davlat agrar universiteti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti, О‘rmon xо‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti va Qishloq xо‘jaligi mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash fakultetining 2025-2026-o'quv yili bitiruvchilarini ishga taqsimlash maqsadida ish beruvchilar ishtirokida talabalar uchun tashkil etilgan “Karyera kuni – Mehnat yarmarkasi”ga start berildi.
Tadbir davomida talabalar:
▫️ yetakchi korxona va tashkilotlar vakillari bilan uchrashmoqda;
▫️ bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot dasturlari bilan tanishmoqda;
▫️ kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun muhim imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda.
Mazkur mehnat yarmarkasi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda ish beruvchilar bilan samarali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Aziz talabalar, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Ijtimoiy tarmoqlar:



