O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida ilm-fanni tijoratlashtirish va innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy mavzusi — spin-off korxonalarini tashkil etish va ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘ldi.
Mazkur seminar Prezidentimizning 2026-yil 4-apreldagi PF-54-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, ya’ni mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi. Seminarda quyidagilar o‘rganildi: Spin-off korxonalarini ochishning huquqiy asoslari va tartibi; Ilmiy loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash manbalari; Olimlar va yosh tadqiqotchilar uchun berilayotgan imtiyoz hamda preferensiyalar. Tadbirda universitetimizning professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalar va soha mutaxassislari o‘zaro fikr almashib, ilmiy g‘oyalarni real biznes loyihalariga aylantirish yo‘llarini muhokama qildilar. Mutaxassislar tomonidan berilgan tavsiyalar ilmiy ishlanmalarni shunchaki qog‘ozda qolib ketmasdan, ularni tijoratlashtirish va amaliyotga joriy etishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



