logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“YANGI AGRONOM” TIZIMI: ILM VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI DALADA O‘Z IFODASINI TOPMOQDA

view 22

Toshkent davlat agrar universitetida joriy etilgan “Yangi agronom” tizimi doirasida talabalarni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalariga o‘rgatish hamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
Navbatdagi amaliy mashg‘ulot Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan “GREEN VALLEY GARDEN” MCHJda tashkil etildi. Unda universitet ishchi guruhi, professor-o‘qituvchilari va talabalari kuzgi bug‘doyning “Qayroqtosh” navi o‘rim-yig‘im jarayonida bevosita ishtirok etib, zamonaviy agrotexnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar.
Dala mashg‘uloti davomida talabalar No-Till (yerga ishlov bermasdan ekish) texnologiyasi, tuproq profili va infiltratsiya testlarini o‘tkazish usullari, zamonaviy ekish agregatlarining ishlash prinsipi hamda resurs tejovchi qishloq xo‘jaligi texnologiyalarining afzalliklarini amaliy misollar asosida o‘rgandilar.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan innovatsion va raqamli texnologiyalarni qishloq xo‘jaligiga keng joriy etish, seleksiya va urug‘chilikni rivojlantirish, suv tejovchi texnologiyalardan samarali foydalanish hamda xalqaro standartlarga javob beradigan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh agrar mutaxassislarni tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.