logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU va Xitoy Xalq Respublikasining vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi

view 15

Toshkent davlat agrar universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Guangxi Zhuang avtonom hududi Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari departamenti vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot va malaka oshirish yo‘nalishlarida aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Muzokaralarda Xitoy tomonidan Tang Xianlai Guangxi Zhuang avtonom hududining geografik joylashuvi, aholisi va iqtisodiy salohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, hududda ipak qurti yetishtirish, sabzavotchilik hamda choy ishlab chiqarish yo‘nalishlari yuqori darajada rivojlanganini ta’kidladi. Xitoy tomoni vakili ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti bilan amaliy aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratayotganini bildirib, joriy yil yakuniga qadar universitetning 5 nafar professor-o‘qituvchisini trening kurslarida ishtirok etish uchun Xitoyga taklif qilish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga to‘xtaldi.

Xususan, choy yetishtirish va ushbu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. O‘zbekistonda, ayniqsa tog‘li hududlarda choy yetishtirish imkoniyatlarini o‘rganish, bu borada Xitoyning ilg‘or tajribasidan foydalanish hamda malakali mutaxassislarni jalb etish zarurligini ta’kidladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.