logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU mas’ullari hamda ko’ngilli talabalar Nurafshon shahrida bo’lishdi

view 14

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir. Dekan o'rinbosari I.Toshtemirov boshchiligida tyutorlar va faol talabalar 5 may sanasi 9 may "Xotira va qadrlash" bayrami munosabati bilan Nurafshon shahrida joylashgan "Vatanparvar bog'i"da tashkil etilgan "Kinokarvon" loyihasi tomonidan namoyish etilgan "Qo'rg'oshin" badiiy filmini tomosha qilish uchun tashrif buyurishdi. "Qoʻrgʻoshin“ – badiiy filmi oʻzbek rejissori Z.Musoqov tomonidan suratga olingan film. Film Stalin zamonida qatagʻon qilingan adib va olimlar xotirasiga bagʻishlangan.

Yurtimizning bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatib fido bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasini yot etish esa eng oliy vazifamizdir. Zero “Inson aziz, xotira-muqaddas”dir.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.