logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU va «SCHELKOVO AGROHIM-O’ZBEKISTON» o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi

view 9

Toshkent davlat agrar universitetida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yangi bosqichga olib chiquvchi muhim kelishuv imzolandi. Universitet hamda «SCHELKOVO AGROHIM-O'ZBEKISTON» Rossiya-O‘zbek qo‘shma korxonasi o‘rtasidagi ushbu hamkorlik davlatimiz rahbarining 2026-yil 11-apreldagi PQ–135-sonli qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan.
Tor doiradagi "Karyera kuni" hamda mazkur kelishuvga ko‘ra, universitetning “O‘simliklar himoyasi va karantini” yo‘nalishida tahsil olayotgan 70 nafardan ortiq talabasi uchun dual ta’lim tizimi joriy etiladi. Bu tizim talabalarga:
Nazariy bilimlarni bevosita ishlab chiqarish jarayonida mustahkamlash; Zamonaviy innovatsion texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish; O‘qishni bitirgach, qo‘shma korxonada kafolatlangan ish o‘rniga ega bo‘lish imkonini beradi.
Uchrashuvda korxonaning tijorat direktori I.G. Kalinina hamda TDAU rektori Narzullo Oblomuradov ishtirok etib, mutaxassislar talabalarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini himoya qilishda qo‘llaniladigan gerbitsidlar va insektitsidlar, fungitsidlar va defoliantlar va paxta, g‘alla va mevali bog‘lar uchun ishlab chiqilgan innovatsion preparatlarning ta’sir mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Ushbu hamkorlik nafaqat universitetning amaliyot bazasini kengaytiradi, balki respublikamiz qishloq xo‘jaligiga zamonaviy kimyoviy himoya vositalarini qo‘llashni biladigan, yuqori malakali kadrlarni yetkazib berishda muhim poydevor bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.