Qo‘shma ta’lim dasturlari hamda Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari K.Turdiyeva va N.Kenjayeva boshchiligida Kechki ta’limning “Yer kadastri va yer tuzish” yo‘nalishi 25-190-guruh talabalari ishtirokida O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga sayyor dars uyushtirildi. Mazkur sayyor dars talabalarning tarixiy xotira, milliy qadriyatlar va ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosiga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Tadbir davomida talabalarga Xotira va qadrlash kunining mazmun-mohiyati, buyuk allomalarimizning hayoti va faoliyati, tarixiy merosni asrab-avaylash hamda yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi — xalqimizning boy ilmiy va ma’naviy merosini o‘rganish, targ‘ib etish hamda kelajak avlodga yetkazishda muhim ilmiy-ma’rifiy maskanlardan biri hisoblanadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


