Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi hamda Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti” tashkil etildi.
Tadbirda Qibray tumani FVB boshlig'i F. Soatov, boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M. Yunusov, kapitan Sh. Qudratov hamda universitetning ishchi-xodimlari ishtirok etdi. Mashg‘ulot davomida yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, ularning oldini olish, evakuatsiya qoidalari hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 15 ta maxsus texnikasi jalb etilgan holda yong‘in sodir bo‘lganda insonlarni xavfsiz evakuatsiya qilish, yong‘inni bartaraf etish va qutqaruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy ko‘rgazmali mashqlar namoyish etildi.
Tadbir ishtirokchilariga birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish, favqulodda vaziyatlarda 101, 1050 va 112 qisqa raqamlariga murojaat qilish tartibi, shuningdek, talabalar turar joylari va universitet binolarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:









