Toshkent davlat agrar universiteti “O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn” fakulteti olimlari Yakkasaroy tumanida amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlariga o‘zlarining professional yondashuvlari bilan ko‘maklashmoqda.
Kuni kecha Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova Shota Rustaveli ko‘chasida bo‘lib, “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlar bilan tanishdi. Mazkur jarayonda universitetimiz olimlari bilan ko‘chalarning landshaft dizaynini tizimli tashkil etish, o‘simliklarni to‘g‘ri tanlash va ekish texnologiyalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
Universitetimiz mutaxassislari tavsiyasi bilan hududning iqlim sharoiti va estetik ko‘rinishiga mos keluvchi jami 1 206 dona manzarali ko‘chatlar tanlab olindi. Jumladan:
Brozenia (300 dona) va Brozenia shtanik (6 dona);
Rozmarin (200 dona);
Likoris zavika (300 dona);
Berekenet (multi flowers, gazo, bravo – jami 300 dona);
Barbaris (100 dona).
Toshkent davlat agrar universiteti ilmiy salohiyatini amaliyotga tatbiq etgan holda, ona shahrimizning har bir ko‘chasi namunali va "yashil" hududga aylanishi yo‘lida hamkorlikni davom ettiradi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


