logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU TALABALARI GENETIKA VA BIOTEXNOLOGIYA SIRLARINI AMALIYOTDA O‘RGANMOQDA

view 11

Toshkent davlat agrar universiteti talabalari nafaqat nazariy bilim, balki eng zamonaviy texnologiyalarni bevosita amaliyotda sinab ko‘rmoqdalar.
Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi yo‘nalishi 2-bosqich talabalari o‘quv amaliyoti doirasida Paxta seleksiyasi va urug‘chiligi yetishtirish agrotexnologiyalari ITIning G‘o‘za biotexnologiyasi laboratoriyasida bo‘lishdi.
Talabalar shakar kristali va BAD (biologik faol qo‘shimcha) namunalaridan DNK ajratib olishning murakkab jarayonlarini amalga oshirdilar. Laboratoriya xodimlari talabalarga gen muhandisligining CRISPR/Cas texnologiyasi haqida ma’lumot berishdi.

Talabalar laboratoriyada steril sharoitda ishlash, in vitro usullari va genetik tadqiqotlarning qishloq xo‘jaligi uchun amaliy ahamiyatini yaqindan o‘rganishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.