logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU talabalari pillachilik mavsumining qizg’in pallasida amaliyot o‘tamoqda

view 7

Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya fakultetining “Ipakchilik va tutchilik” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash maqsadida Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutida o‘quv-amaliyot jarayonida ishtirok etmoqda
Amaliyot rahbari Xudayberdiyeva Umida Saidrasulovna boshchiligida tashkil etilgan mazkur o‘quv-amaliyot jarayonida talabalar tut ipak qurtining katta yosh davrlarida boqish agrotexnikasi, ularga dasta qo‘yish jarayonlari, lichinkalarning pilla o‘rash biodinamikasi, pillalarni terish hamda g‘umbaklarni jinslarga ajratish usullarini amaliy jihatdan o‘rganmoqdalar. Shu bilan birga, naslli pillalarni tanlash, ular ustida seleksiya ishlarini samarali tashkil etish, ipakchilik sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar hamda tut ko‘chatlarini yetishtirish texnologiyalari bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqdalar.

Amaliy mashg‘ulotlar davomida bo‘lajak mutaxassislar zamonaviy texnologiyalar, laboratoriya jihozlari hamda ipakchilik sohasidagi eng so‘nggi ilmiy ishlanmalar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lmoqalar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.