logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Xalqaro ekspert TDAUda: Ta’lim sifati va akkreditatsiya masalalari muhokama qilindi

view 36

Toshkent davlat agrar universitetiga xalqaro miqyosdagi nufuzli ekspert, Malayziyaning Sultan Idris Education University professori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining xalqaro eksperti Professor Dr. Ridzwan bin Che Rus tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida universitet professor-o‘qituvchilari va mas’ul xodimlari ishtirokida taqdimot tashkil etildi. Unda milliy va xalqaro akkreditatsiya talablari, ta’lim sifatini ta’minlash mezonlari, xalqaro standartlar asosida o‘quv dasturlarini takomillashtirish hamda oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash masalalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Professor Ridzwan bin Che Rus o‘z nutqida akkreditatsiya jarayonida ilmiy faoliyat samaradorligi, professor-o‘qituvchilarning xalqaro malakasi, talabalar kompetensiyasi hamda ichki sifat nazorati tizimining naqadar muhimligini alohida ta’kidladi. Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, xususan, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish hamda ta’lim sifatini uzluksiz oshirish bo‘yicha tajriba almashildi. Mazkur tashrif Toshkent davlat agrar universitetining xalqaro akkreditatsiya yo‘nalishidagi tajribasini boyitish va jahon ta’lim maydonidagi integratsiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.