logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda muqobil turizm istiqbollariga bag‘ishlangan yirik xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

view 30

Bugun Toshkent davlat agrar universitetida turizm sohasi bo'yicha nufuzli anjuman — “Muqobil turizm: zamonaviy tendensiyalar va kelajak istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.
Mazkur nufuzli tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ko‘magida, Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan tashkil etildi. Anjumanga xalqaro miqyosdagi “Science and Innovation” ilmiy jurnali rasmiy hamkorlik qilmoqda.
Konferensiya muqobil turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha global tajriba almashish maydoniga aylandi. Unda dunyoning yetakchi davlatlari, xususan O‘zbekiston, Turkiya, Italiya, Iordaniya, Xitoy, Malayziya, Qozog‘iston, Rossiya va Tojikiston kabi mamlakatlardan soha ekspertlari, olimlar va amaliyotchi mutaxassislar ishtirok etmoqdalar.
Ayni paytda anjuman ishtirokchilari va yalpi majlis ma’ruzachilari tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyoti hamda hududlar taraqqiyoti uchun mutlaqo yangi bo‘lgan yo‘nalishlar qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Konferensiyaning o‘ziga xos jihati shundaki, unda taqdim etilayotgan ilmiy ishlanmalar va amaliy keyslar bevosita turizm biznesi, mehmonxona xo‘jaligi, agroturizm majmualari hamda startaplar vakillari uchun xizmat qiladi. Tadbirkorlar xalqaro ekspertlardan xorijiy turistlarni jalb etish, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha tayyor boshqaruv modellarini qabul qilib olmoqdalar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.