logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida TDAU talabalari g‘olib bo‘lishdi!

view 4

Toshkent davlat agrar universiteti talabalari ilm-fan, innovatsiyalar va zamonaviy tadqiqotlar yo‘nalishida o‘zlarining yuksak salohiyatlarini yana bir bor amalda namoyon etib, respublika miqyosidagi nufuzli tanlovda mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

G‘oliblarimiz va ularning yo‘nalishlari:
🥇 1. Xojimurodov Sunnatilla Boymurod o‘g‘li
Fakultet: O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik
Yo‘nalish: Agrokimyo va agrotuproqshunoslik
🥇 2. Abdukarimov Ulugʻbek Abdulaziz oʻgʻli
Fakultet: Magistratura bo‘limi
Yo‘nalish: Seleksiya va urugʻchilik
🥇 3. Umirzoqov O‘ralbek Yorqul o‘g‘li
Fakultet: Qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish bo‘limi
Yo‘nalish: Biznesni boshqarish
🥇 4. Saydiraxmonova Saida Saydimurod qizi
Fakultet: Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
Yo‘nalish: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
🥇 5. Amirov Avazbek Kamiljon oʻgʻli
Fakultet: O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik
Yo‘nalish: Agrokimyo va tuproqshunoslik
Ekinlar seleksiyasidan tortib, ekologik barqarorlik va zamonaviy agrobiznes boshqaruvigacha bo‘lgan dolzarb sohalarda yangi g‘oyalar ustida ishlayotgan ushbu yoshlarimiz — Yangi O‘zbekiston agrar sohasining poydevoridir.

✅Kelajak ilm-fan va innovatsiya egalari safida borayotgan g‘oliblarimizga kelgusi ilmiy-amaliy faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar va yuksak marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.