logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda China Datang Overseas Investment CO, LTD vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

view 29

Toshkent davlat agrar universitetida Xitoy Xalq Respublikasining China Datang Overseas Investment CO, LTD kompaniyasi vakillari bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Mehmonlarni universitetning xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektori Abduaziz Abduvasikov kutib oldi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini kengaytirish, istiqbolli yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ilmiy-ta’limiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
Xususan, elektr energetikasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, talabalar uchun yozgi ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish, ularning amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda kompaniya bilan hamkorlikda malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, talabalar va bitiruvchilar uchun xalqaro tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi va kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.