Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z nihoyasiga yetdi. Tadbir davomida ekologiya, agrar soha va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida yangi tashabbuslar taqdim etildi, xalqaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi hamda qator muhim kelishuv va hujjatlar imzolandi.
Ushbu nufuzli xalqaro ko‘rgazmada Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov boshchiligidagi universitet vakillari hamda “AgroEcoClub” jamoasi faol ishtirok etdilar.
Universitet vakillari ko‘rgazma davomida ekologiya va agrar sohadagi ilmiy-amaliy loyihalari xalqaro ekspertlar va hamkorlar e’tiboriga havola etishdi hamda barqaror rivojlanish va agrar ta’limni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashildi. Shuningdek, “AgroEcoClub” a’zolari muhokamalarda, seminarlar va sessiyalarda faol qatnashib, ilg‘or ekologik texnologiyalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.
Ko‘rgazma doirasida GIZ xalqaro tashkilotining Markaziy Osiyodagi direktori Joachim Fritz, shuningdek, tashkilot vakillari Avaz Nomanov va Oydin Sattorov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Markaziy Osiyo mamlakatlarida yoshlarning yashil iqtisodiyotdagi bandlik imkoniyatlarini kengaytirish hamda ushbu yo‘nalishda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:





